Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy so‘rovnoma: Siz amaldorlarni taniysizmi? – Qashqadaryo viloyati hokimi
Kun.uz tahririyati bir muddat avval o‘zining yangi «Siz amaldorlarni taniysizmi?» loyihasini taqdim etgandi. Bunday ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad - joylarda (viloyatlar kesimida) faoliyat yuritayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari xalq orasiga qanchalik kirgani va o‘z mansab vakolatini qanchalik odilona olib borayotganini o‘ziga xos uslubda aniqlashdan iborat.
Demak, navbatdagi so‘rov Qashqadaryo viloyatiga safar chog‘ida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevni fuqarolar qanchalik taniy olishlari o‘rganildi. Quyidagi videolavhada hokimni ushbu hudud aholisi qanchalik yaxshi bilishlariga baho berish mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Ma'lumot uchun: Zafar Ro‘ziyev bu lavozimda 2013 yilning sentabr oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Albatta, ijtimoiy so‘rovnoma, avval ham ta'kidlanganidek, qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz, yoxud oddiy xalq vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilim saviyasini baholashdan yiroq. Bunday mezon qo‘yilgani ham yo‘q. Shunchaki, holatni ochiq-oydin ko‘rsatishdir, xulosa har kimning o‘ziga havola.
Kun.uz muxbirlari bungacha vodiy viloyatlari hokimlari, shuningdek, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlari bo‘yicha ham shunday so‘rovnomalar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026