Kun.uz tahririyati respublikamizda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan mansabdor shaxslar qay darajada taniqli, aholi vakillari davlat idoralari rahbarlari haqida nechog‘liq ma'lumotga ega degan savollarga javob izlab, aholi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi. Ixtiyoriy ishtirokchilarga siyosatchilarning fotosuratlarini ko‘rsatib, ularning lavozimlari yoki qaysi idorada rahbar ekanligi haqidagi savollar bilan murojaat qildik.

So‘rovnomada aholining turli qatlamidan vakillar ishtirok etishdi. Kichik tadqiqotimiz davomida aksariyat fuqarolar suratdagi shaxslarni taniy olishmadi, ba'zilarda esa hatto ularning sobiq lavozimlari, ish joylari to‘g‘risida ham ma'lumotlar mavjud ekanligi tahsinga loyiq.

Amaldorlarning yetarli darajada taniqli emasligi – bu kimning kamchiligi: olib borilayotgan siyosat va boshqaruv ishlariga qiziqmagan fuqarolarningmi yoki xalq ichiga chuqurroq kirib bora olmayotgan mansabdor shaxslarning? Xulosa qilishni o‘zingizga qoldiramiz.