Ijtimoiy so‘rovnoma: Siz amaldorlarni taniysizmi? – Surxondaryo viloyati hokimi!

Shu kunlarda Kun.Uz tahririyati o‘zining yangi “Siz amaldorlarni taniysizmi?” loyihasini taqdim etdi. Bunday ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad- joylarda (viloyatlar kesimida) faoliyat yuritayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari xalq orasiga qanchalik kirgani va o‘z mansab vakolatini qanchalik odilona olib borayotganini o‘ziga xos uslubda aniqlashdan iboratdir.
Demak, navbatdagi so‘rov Surxondaryoga safar chog‘ida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Bahodir Po‘latovni fuqarolar qanchalik taniy olishlari o‘rganildi. Quyidagi videolavhada hokimni ushbu hududlar aholisi qanchalik yaxshi bila olishlariga baho berishingiz mumkin.
Youtube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish
Viloyat hokimi o‘z vazifasini bajarishga kirishganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Bahodir Po‘latov joriy yilning iyul oyida mazkur lavozimga tayinlangandi. Yangi hokimdan xalqning umidi katta. Bungacha bu lavozimni hozirda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan Erkin Turdimov egallab turgandi. Safarimiz chog‘ida Surxondaryo xalqi sobiq hokim to‘g‘risida faqat ijobiy fikrlarni bildirdi.
Albatta, ijtimoiy so‘rovnoma, avval ham ta'kidlanganidek, qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz, yoxud oddiy xalq vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilim saviyasini baholashdan yiroq. Bunday niyatda mezon qo‘yilishidan maqsad, shunchaki holatni ochiq-oydin ko‘rsatishdir.Zero,xulosa har kimning o‘ziga havola.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

12:59 / 16.09.2019
Ijtimoiy so‘rov: Haftasiga qancha miqdorda go‘sht iste'mol qilasiz?

22:27 / 27.08.2019
So‘rov: agar ertaga parlament saylovlari o‘tkazilsa, qaysi partiyaga ovoz bergan bo‘lardingiz?

22:15 / 16.02.2019
Ijtimoiy so‘rovnoma: Toshkent logotipiga qanday baho berildi?

20:09 / 09.01.2019