Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodirjon Mirzaahmedov O‘zbekiston jamoasi hisobiga ilk oltinni keltirdi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final janglari boshlandi. Dastlabki jangda O‘zbekiston jamoasining -49 kg vazn toifasidagi vakili Nodirjon Mirzaahmedov oltin medal uchun jang qildi.
Nodirjon Mirzahmedov hindistonlik Dipakni hakamlarning baholariga ko‘ra mag‘lub etdi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Nodirjon Mirzaahmedov Osiyo chempionatini 20 aprel kuni yaponiyalik Daichi Hasebega qarshi o‘tkazib, katta ustunlik evaziga g‘alaba qozongandi. U keyin chorak finalda laoslik bokschi Xampxouvan Xamsatoneni, yarimfinalda esa qirg‘izistonlik bokschi Mirlan Turkbai Uuluni mag‘lub etgandi.
Bugun yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda ringga chiqadi.
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) – Kavinder Singx Bisht (Hindiston)
-69 kg: Bobo Usmon Baturov (O‘zbekiston) – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).
Mavzuga oid
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025
Usik endi mutlaq jahon chempioni emas. U WBO kamarini jangsiz topshirdi
22:27 / 19.10.2025
Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri musobaqasi finaliga chiqdi
10:10 / 07.10.2025