Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda aviazarba natijasida “Tolibon”ning uch nafar yetakchisi halok bo‘ldi
Afg‘onistonda havo zarbasi natijasida “Tolibon” harakatining uch nafar yetakchisi, jumladan. Farax viloyatining "soyadagi gubernatori" yo‘q qilindi, deb xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi Twitter sahifasida.
Xabarda aytilishicha, aviazarba Afg‘oniston g‘arbidagi Farax viloyatining Haq Safid tumanida berilgan.
Zarba natijasida Farax viloyatining “soyadagi gubernatori Mulla Abdul Boriy hamda jangarilarning g‘arbiy viloyatlardagi harakati uchun mas'ul bo‘lgan ikki nafar “Tolibon” komandiri halok bo‘lgan.
Avvalroq Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakati bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun delegatsiyani shakllantirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
22:54 / 05.03.2026