Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Londonga jo‘nab ketdi
Bugun, 8 oktabr kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Toshkentdan Londonga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, 8 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Said Rustamov Toshkentdan London shahriga jo‘nab ketdi.
Xabarda aytilishicha, u bunga qadar O‘zbekistonning Isroil davlatidagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Said Rustamov avvalroq TIVning Amerika davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
2017 yil iyul oyidan beri Alisher Shayxov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
12:41 / 28.11.2025