O‘zbekiston | 22:40 / 12.10.2019
37804
4 daqiqa o‘qiladi

8 soatdan ko‘proq qismi jonli efirga berilgan Senat yalpi majlisi yakunlandi (fotoreportaj)

O‘zbekistonliklarda parlament majlislari haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lmoqda.

Oliy Majlis Senatining Toshkentda ikki kun davom etgan 23-yalpi majlisi O‘zbekiston parlamenti tarixida yangi sahifa ochdi – majlisning 8 soatdan ortiqroq qismi Senatning YouTube va Facebook`dagi kanallarida onlayn rejimida translatsiya qilib borildi.

Shanba kungi yig‘ilish Namangan va Xonobod shaharlari hududini kengaytirish, Bo‘z tumani nomini Bo‘ston deb o‘zgartirish masalalari muhokamasi bilan boshlandi.

So‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Yalpi majlis davomida Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham tinglandi.

Senatorlar ikkita masala yuzasidan hukumatga parlament so‘rovi yuborishga qaror qilishdi. Vazirlar Mahkamasiga ota-onalar qarovisiz qolgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar hamda tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi bo‘yicha parlament so‘rovlari jo‘natiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Senatning avvalgi yalpi majlislarida hukumatga yuborilgan ikkita parlament so‘rovlari natijalari ham ko‘rib chiqildi. Bular – Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta'minlash masalalari bo‘ldi.

Yuqori palata yig‘ilishi davomida O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasi tasdiqlandi, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, majlisning birinchi kunida 19ta qonun ma'qullangan edi.

Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev O‘zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatining eng oliy organida o‘tgan yalpi yig‘ilishning ikkinchi kunidan fotolavhalarni taqdim etadi.

Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev va prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, senator Qahramon Quronboyev
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov va Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev
Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev
Andijon viloyati hokimi, senator Shuhrat Abdurahmonov
Namangan viloyati hokimi, senator Xayrulla Bozorov

Senat raisi Tanzila Norboyeva
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov
Senator Farrux Dadaxo‘jayev
Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muxamet Jumagaldiyev
Senator Tolibjon Madumarov

Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Reglament va odob komissiyasi raisi Iqbol Mirzo

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov
Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov​​​​​

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov

Senator Abduqodir Toshqulov
Senat raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova
Oliy sud raisining yangi o‘rinbosari Ikrom Muslimov
Oliy sud raisi Kozimjon Komilov

Mavzuga oid