Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dekabr oyida 15 nafar ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi
13 dekabr. Samarqandda o‘tgan yig‘ilishda 8 xodim ishdan olingan
Ichki ishlar vazirligi tomonidan soha faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida 2019 yilning dekabr oyi davomida 8ta hududiy boshqarmada tezkor yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishlar davomida xizmat faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 15 nafar xodim ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 27 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilib boshqa ishga o‘tkazilgan; 6 nafar xodimning maxsus unvoni bir pog‘ona pasaytirilgan; 30 nafar xodimga qattiq hayfsan, hayfsan va tanbeh berilgan; 91 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazoga tortilishi haqida tegishli taklif kiritilib, 363 nafar xodim intizomiy jazoga tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Shu bilan birga, o‘z xizmat burchini mas'uliyat bilan sitqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishgan 5 nafar xodimni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritilgan.
«O‘tkazilgan yig‘ilishlarda rahbariyat tomonidan quyi tizimlarida xizmat olib boruvchi barcha xodimlarga berilgan topshiriqlar birma-bir tushuntirilib, xodimlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi», – deyiladi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
- Samarqand viloyatida 8 nafar ichki ishlar xodimi ishdan olindi, 14 nafariga intizomiy chora qo‘llanildi
- Sirdaryo viloyatida qator ichki ishlar xodimlariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi
- Surxondaryoda 6 nafar ichki ishlar xodimiga nisbatan turli intizomiy ta'sir choralari ko‘rildi
- Qoraqalpog‘istonda qator ichki ishlar xodimlari lavozimidan bo‘shatildi
Mavzuga oid
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
09:04 / 16.02.2026
Voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlari yangicha tashkil etiladi
13:29 / 14.02.2026
IIVda uyushgan jinoyatchilik, narko va kiberjinoyatlarga qarshi choralar muhokama qilindi
21:31 / 02.02.2026