Joriy yilning 13 dekabr kuni Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi va hududiy bölinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik R.Hotamov huzurida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

IIV axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, kun tartibida bitta masala - şaxsiy tarkib örtasida xizmat intizomi va qonunçilikni mustahkamlaşda yöl qöyilayotgan tizimli kamçiliklar va kelgusida uşbu kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Polkovnik R.Hotamov öz sözida Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi va hududiy bölinmalarida xizmat qilayotgan, xodimlar orasida muntazam ravişda xizmat intizomi va qonunçilikni buzib kelayotgan, spirtli içimliklar iste'mol qilişga va axloqqa zid harakatlarni sodir etişga ruju quygan hamda nosoğlom turmuş tarzini öziga odat qilib olgan xodimlar töğrisida töxtalib ötib, şunday toifadagi xodimlar viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari orasida ham borligini ta'kidlab, 22 nafar xodimlarga nisbatan turli xil intizomiy qattiq ta'sir çoralari körildi. Şundan 3 nafar xodimlar içki işlar organlari xizmatidan böşatildi, 5 nafar xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 14 nafar xodimlarga nisbatan tegişli intizomiy çoralari qöllanildi. 

Bundan taşqari, 11 nafar xizmat intizomi va qonunçilikni buzişga moyil xodimlarni, ularning ota-onalari iştirokida viloyat IIBdagi “Intizomiy kengaş”da muhokama etib, ularni içki işlar organlarida qoliş-qolmaslik masalasini hal etiş böyiça topşiriqlar berdi.

Şuningdek, vazir örinbosari joriy yilning 11 oyi davomida respublika içki işlar organlari xodimlari tomonidan, sodir etilayotgan qöpol ravişda xizmat intizomi va qonunçilikni buzilişiga yöl qöygan holatlarni muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini oliş böyiça aniq vazifalar belgilab berdi.