Sirdaryo viloyatida qator ichki ishlar xodimlariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Hotamov huzurida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, kun tartibida bitta masala - xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunchilik va huquqbuzarlik hamda xizmat intizomi buzilishi, shuningdek kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
O‘z xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 8 nafar xodimga nisbatan turli xil intizomiy ta'sir choralari ko‘rildi. Shundan 2 nafar xodim ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodim xatti-harakatiga intizomiy jazo sifatida maxsus unvonini bir pog‘onaga pasaytirilishi bo‘yicha taklif kiritildi, 4 nafar xodimga nisbatan tegishli intizomiy choralari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, 21 nafar xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlarni, ularning ota-onalari ishtirokida viloyat IIBdagi “Intizomiy kengash”da muhokama etilib, ularni ichki ishlar organlarida qolish-qolmaslik masalasini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari joriy yilning 11 oyi davomida respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarini muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Samarqand viloyatida 8 nafar ichki ishlar xodimi ishdan olinib, 14 nafariga intizomiy chora qo‘llanilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024