O‘zbekiston | 21:50 / 28.02.2020
5950
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili tasdiqlandi

Aliya Yunusova Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil etib saylandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Senat raisi Tanzila Norboyeva taklif etilgan nomzod BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish, bir qancha qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishda mutaxassis sifatida faol ishtirok etganini e'tirof etdi.

Ma'lumot uchun, Aliya Yunusova 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ish faoliyatini 1983-1989 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1989-1999 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mo‘minov nomli Falsafa va huquq institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, 1991-1993 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada I darajali mutaxassis, bosh mutaxassis, 1999-2005 yillarda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda bo‘lim mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 2005-2020 yillarda – uch chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

Mavzuga oid