Parlament Qonunçilik palatasining 2020 yil 18 fevralda ötkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar köplab masalalar qatorida “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini körib çiqdilar.

Hujjat bilan Özbekistonning bir qator qonunlariga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Xususan, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilayotgan özgartişga köra, 18 yoşga tölmagan çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxsni, agar uning ota-onasidan biri, vasiylikka yoki homiylikka olgan şaxs Özbekiston hududida qonuniy asosga köra yaşaş huquqiga ega bölsa, Özbekistondan ma'muriy tarzda çiqarib yuboriş taqiqlanmoqda. Deputatlarning fikriça, bu bolalar huquqlarini ta'minlaş barobarida, ularni har jihatdan qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Uy-joy kodeksiga ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi özlari yaşab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylaştirilgan butun vaqt mobaynida bronlaştiriş huquqini taqdim etiş töğrisida kiritilayotgan qoida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarining kelajakdagi hayotini yaxşilaş, ayrimlarining ota-onasidan meros qolgan mulk huquqini saqlab qolişda muhim örin tutadi.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan sudlarga fuqarolik işlari böyiça kiritilgan da'volarni davlat boji tölaşdan ozod qiliş tartibi töğrisidagi qoida ham bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadiga qaratilgani bilan diqqatga molikdir.

“Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonunga kiritilayotgan qoida esa, mazmun-mohiyati jihatidan dolzarbligi bilan yanada ahamiyatli. U bilan ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini töliq körib çiqiş kafolatlanişi, bola töliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni körmasdan qoldirişga yöl qöyilmasligi nazarda tutilmoqda.

Savol-javoblardan söng uşbu hujjat moddama-modda körib çiqilişi jarayonida ba'zi masalalar borligi oydinlaşdi. Loyiha palataning navbatdagi majlisida körib çiqilişi uçun mas'ul qömitaga qaytarildi.