Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma'lum qildi
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtirish holatlari o‘sganini tasdiqladi.
Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.
«Mamlakatda vaziyat murakkablashmoqda, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat judayam murakkab», — dedi Putin hukumat a'zolari bilan videokonferensiya shaklida o‘tgan yig‘ilishda.
U jahonda koronavirusga chalinganlar soni 850 mingdan oshganini, Rossiyada esa 2777taga yetganini eslatib o‘tdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtirish holatlari o‘sganini tasdiqladi.
«Koronavirus infeksiyasi yuqtirgan fuqarolar soni o‘tgan sutkada 18,8 foizga o‘sdi», — dedi Golikova.
Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichning o‘sishi test olishning kengayishi bilan ham izohlanadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini beruvchi qonunni imzolagandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026