Jahon | 19:26 / 06.01.2021
2366
1 daqiqa o‘qiladi

London sudi Assanjni garov evaziga ozodlikka chiqarishni rad etdi

Avvalroq London sudi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bo‘lishi mumkinligi bois uning AQShga ekstraditsiya qilinmasligi to‘g‘risida hukm chiqargandi.

Foto: Dominic Lipinski / TASS

London markaziy jinoiy sudi raisi Vanessa Baraytser Wikileaks asoschisi Julian Assanjni garov evaziga ozodlikka chiqarishni rad etdi. 

Sudya Assanj ilgari garov evaziga ozodlikka chiqish shartini buzgani uchun ana shunday qaror qabul qilganini aytdi.

"Agar janob Assanj bugun ozodlikka chiqarilsa, u apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun sudga kelmasligiga ishonchim komil. Shuning uchun u hibsda qolishi lozim", – dedi sudya.

Avvalroq London sudi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bo‘lishi mumkinligi bois uning AQShga ekstraditsiya qilinmasligi to‘g‘risida hukm chiqargandi.

Amerika adliya vazirligi Julian Assanjga qarshi 18ta ayblov e'lon qilgan. U mazkur ayblovlar asosida 175 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid