London sudi WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bölişi mumkinligi bois uning AQŞga ekstraditsiya qilinmasligi töğrisida hukm çiqardi. Bu haqda Vestminster magistrat sudi sudyasi Vanessa Baraytser e'lon qildi. Mazkur iş uning raisligida London markaziy sudida körib çiqildi.

Sudya Assanj autizm va klinik tuşkunlikdan aziyat çekayotganligi hamda öz joniga suiqasd qilişga moyilligini e'tirof etdi. Uning sözlariga köra, AQŞda bir kişilik kamerada hibsda saqlaniş oqibatida Assanjning soğligi jiddiy yomonlaşişi mumkin. Şunday qilib, gumondorning hayoti xavf ostida ekanligi uning AQŞga topşirilişi rad etilişiga asos böldi.

 Assanjning advokati uning garov evaziga ozodlikka çiqarilişini talab qilişini aytdi.

Amerika adliya vazirligi Julian Assanjga qarşi 18ta ayblov e'lon qilgan. U mazkur ayblovlar asosida 175 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.