O‘zbekiston | 21:04 / 19.04.2021
19390
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zDJTU va JIDU ham vaqtincha masofaviy ta'limga o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 14 kunlik masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazildi.

Foto: fledu.uz

20 apreldan boshlab, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjimonlik fakultetlari, magistratura bo‘limi, kechki ta'limning barcha kurs talabalari va O‘zDJTU akademik litseyi o‘quvchilari 14 kunlik masofaviy ta'lim shakliga o‘tadi. Bu haqda universitet axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tgan hafta mobaynida ba'zi kam sonli talabalar orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Shu munosabat bilan kasallikning talaba va o‘qituvchilar orasida tarqalishining oldini olish maqsadida universitetda o‘quv jarayonlari 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 19 apreldan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ham karantin sabab masofaviy ta'limga o‘tdi.

Shu kundan e'tiboran O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar yotoqxonalari 14 kunlik karantinga yopildi.

Avvalroq, TATU Samarqand filiali, Chirchiq davlat pedagogika institutidagi bitta fakultet onlayn ta'limga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid