Universitet professor öqituvçilari hamda talabalari orasida koronavirus infeksiyasiga çalinganlar aniqlangan. Şu munosabat bilan universitetda öquv jarayoni bugundan onlayn şaklda davom etmoqda.
“Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda, 2021 yilning 19 aprel sanasidan öquv jarayoni masofaviy şaklga ötkazildi. Epidemiologik vaziyat barqarorlaşgandan söng an'anaviy öquv jarayoniga qaytiş haqida qöşimça ma'lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq Özbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar öqituvçi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlangani va OTM masofaviy ta'limga ötgani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, 25 mart kuni Toşkent moliya instituti va Toşkent transport universiteti talabalarida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta'limga ötkazilgandi.












