Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali öqituvçilari va talabalarida koronavirus aniqlangan. Şu sababli mazkur oliy ta'lim muassasasi karantinga yopilib, öqiş onlayn ta'limga ötkazilgan. Bu haqda OTM axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, joriy 2021 yilning 9 aprel kuni Samarqand şahar sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan olib borilgan epidemiologik tekşiruv çoğida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali öqituvçilari va talabalarida COVID-19 aniqlangan.

Şundan söng şahar sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining 2021 yil 10 apreldagi 02/491-sonli xatiga asosan hamda koronavirus infeksiyasi talabalar va professor-öqituvçilar orasida keng tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida TATU Samarqand filialida ta'lim jarayoni 2021 yil 12 aprel kunidan boşlab 14 kunlik onlayn (masofaviy) tartibga ötkazilgan.

COVID-19 mazkur filial talabalar turar joyida yaşaydigan talabalarda aniqlangani uçun, bemorlar bilan muloqotda bölgan talabalar yotoqxonada 14 kunlik öz-özini yakkalaş jarayoniga olingan.

Ma'lumot uçun, sönggi kunlarda Samarqand viloyatida koronavirusga çaliniş holatlari köpayib bormoqda. Keça 11 aprel kuni viloyatda 24 kişida kasallik qayd etilgan.