Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi
Samarqand shahrida yashovchi ota alimentdan bo‘lgan qarzlari, shuningdek, farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab, sobiq turmush o‘rtog‘iga hovlisini hisoblab bergan. Bu haqda MIB Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Camarqand shahar sudining 2012 yil 18 dekabrdagi qarori bilan qarzdor X.A.dan da'vogar G.A. foydasiga uch farzandi moddiy ta'minoti uchun har oydagi daromadining ikkidan bir yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida aniqlanishicha, qarzdor X.A. umuman aliment pullarini to‘lamay kelgan. Shu sababli uning umumiy qarzdorligi 106 million 392 ming so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan MIB viloyat boshqarmasi surishtiruv bo‘limi tomonidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv harakatlari davomida qarzdor 106 million 392 ming so‘m pullarni to‘lab berishini ma'lum qilgan.
Shundan so‘ng X.A. o‘zaro kelishuv asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan hovlini farzandlari kelajagini o‘ylab, undiruvchi G.A.ga rasmiylashtirib berishni lozim topgan. Undiruvchi esa aliment pullaridan to‘liq voz kechgan va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlangan.
Mavzuga oid
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
18:31 / 26.11.2025