Putin Lukashenkodan uzr so‘ramagan - Peskov
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti uzr so‘ramagan, balki belaruslik hamkasbini mavzudan xabardor qilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qilgani uchun undan uzr so‘ragani to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki gap va Rossiya prezidenti uzr so‘ramagan, balki belaruslik hamkasbini xabardor qilgan.
«Putin bu vaziyatda o‘zini vijdonan tutdi. U menga qo‘ng‘iroq qilib, ruxsatimsiz Belarusni muhokama qilgani uchun uzr so‘radi», degandi Lukashenko.
«Bilasizmi, qoidaga ko‘ra, xalqaro amaliyotda uchinchi mamlakat yoki uning yetakchisini o‘sha mamlakat rahbarini xabardor qilmasdan muhokama qilish to‘g‘ri emas. Shuning uchun buni to‘g‘ridan to‘g‘ri uzr so‘rash, deb tushunmaslik kerak. Prezident Putin belaruslik hamkasbini bu masala tilga olingani to‘g‘risida xabardor qilishni lozim topdi»,— dedi Peskov.
Vladimir Putin va Jo Bayden 26 yanvar kuni ilk marta telefon orqali muloqot qilgandi. Bayden va Putin 16 iyunda Shveytsariyaning Jyeneva shahrida uchrashishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, strategik barqarorlik, pandemiya muammolarini va dunyoning turli burchaklaridagi ixtiloflarni hal qilishni muhokama qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:21
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:16 / 22.11.2024