Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama bilbordi harakatdagi avtomobil ustiga quladi
«G‘afur G‘ulom» bog‘i oldida sud qarorisiz demontaj qilingan reklama konstruksiyasi yo‘lda ketayotgan Spark ustiga tushdi. Haydovchiga shikast yetmagan, ammo uning aytishicha, mas'ullar mashinaga yetgan zararni to‘liq qoplamoqchi emas. YHX xodimi esa avtomobilni jarima maydoniga olib borib qo‘ygan.
Toshkent shahrida reklama konstruksiyalari amaldagi tartibga zid ravishda, sud qarorisiz buzib tashlanishi davom etmoqda. Shunday holatlardan biri baxsiz hodisaga olib keldi.
8 iyun kuni tushga yaqin Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida, «G‘afur G‘ulom» bog‘i qarshisida demontaj qilinayotgan reklama bilbordi ko‘chada harakatlanib ketayotgan Spark avtomobili ustiga quladi.
Avtomobil haydovchisi Kun.uz bilan suhbatda ma'lum qilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, ammo mashinaga ziyon yetgan.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, reklama konstruksiyalarini buzayotgan kishilar Toshkent shahar hokimligidan ekanligini, konstruksiyalar shahar hokimi o‘rinbosarining buyrug‘i asosida buzilayotganini bildirgan.
Shundan so‘ng hokimlik vakillari yiqitilgan konstruksiya tufayli avtomobilga yetkazilgan zarar ikki o‘rtada, 50/50 tarzida qoplanishini aytgan. «Biz ham buyruqni bajaryapmiz, pulini to‘lab berolmaymiz», deyishgan mas'ullar.
Haydovchi bunga rozi emasligini aytib, yo‘l harakati xavfsizligi xodimini chaqirgan. Uning aytishicha, YHX xodimi ham hokimlik vakilining gaplarini quvvatlab, bu «bahsli vaziyat» ekanini bildirgan va avtomobilni jarima maydoniga olib borib qo‘ygan.
Kun.uz holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar to‘plamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oydan buyon Toshkent shahrida tadbirkorlarning reklama konstruksiyalari sud qarorisiz, og‘zaki buyruq asosida Toshkent shahar hokimligi mas'ullari tomonidan buzib tashlanyapti.
Tadbirkorlarning bu borada bir necha marta davlat tashkilotlariga yozgan shikoyatlari e'tiborsiz qolyapti.
May oyi oxirida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar bilan uchrashuvdan keyin jurnalistning shu mavzudagi savoliga javob bermay ketib qolgandi.
Mavzuga doir:
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

23:35 / 23.03.2025
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

10:45 / 22.03.2025