Ijtimoiy tarmoqlarda Şayxontohur tumanidagi taşqi reklama obekti buzib taşlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda özini obektning egasi sifatida taniştirgan tadbirkor murojaati ham namoyon bölgan. 

«20 yildan beri reklama biznesi bilan şuğullanaman. Bu şit qonuniy, hujjatlari bor. Heç qanday asossiz reklama şitini buzişyapti. Bu bizning biznesimiz. Mening kompaniyamda 12 kişi işlaydi. Ular şu yerdan oylik olişadi. Bu xususiy biznes, biz soliq tölaymiz. Prezidentimiz kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlayapti. Nima uçun şitimizni buzişyapti?

Men yahudiyman. Qarindoşlarim Germaniya, Isroil, Amerikada yaşaydi. Lekin men u yerga ketişni xohlamayman. Çunki bu mamlakatni yaxşi köraman. Bu odamlar şitni buzişlari mumkin emas. Men ularni sudga beraman. Biz heç qaysi qonunni buzganimiz yöq», deydi tadbirkor.

Kun.uz holat yuzasidan tuman hokimligi bilan boğlandi. Ammo hokimlik bu masalada izoh berolmasligini bildirdi.

Avvalroq, Kun.uz saytida Toşkent şahridagi yuzlab reklama bannerlari heç qanday huquqiy asos körsatilmasdan buzib yuborilayotgani böyiça maqola e'lon qilingandi.

Tadbirkorlar uşbu masala yuzasidan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev huzuriga ham kirişgan. Poytaxt hokimi mahalliy hokimliklarga bunday buyruq berilmaganini, tadbirkorlar IIO xodimlarini çaqirib yoki prokuratura va sud orqali öz mulklarini himoya qilib olişlari mumkinligini aytgan.

Şu kunlarda poytaxtdagi taşqi reklama biznesi egalarining özlariga mulk huquqi bilan tegişli bölgan, bahosi 30 milliondan 300 million sömgaça turadigan reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga köra buzib taşlanayotgani haqidagi murojaatlari ijtimoiy tarmoqlarni töldirmoqda.

Ammo, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişi kerak bölgan Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi yoki Boş prokuratura şu kunga qadar vaziyat yuzasidan munosabat bildirganiça yöq.