Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston fan va ta'lim vaziri Samarqandga keldi
Tojikiston fan va ta'lim vaziri Muhammadyusuf Imomzoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 9 iyun kuni Tojikiston fan va ta'lim vaziri Muhammadyusuf Imomzoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurgan. Mehmonlarni xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva kutib olgan.
Qayd etilishicha, Muhammadyusuf Imomzoda boshchiligidagi delegatsiya Urgut tumani «Mergancha» massivida Tojikiston homiyligida qurilgan maktabning ochilish marosimida qatnashish uchun kelgan.

Ta'kidlanishicha, Urgut tumani «Mergancha» massivida yangi qurilgan maktab 640 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ochilish marosimi ertaga, 10 iyun kuni soat 13:00da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda O‘zbekiston hisobidan, O‘zbekistonda Tojikiston hisobidan maktab qurib berish haqida kelishuv Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 9–10 mart kunlarida Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangandi. Tojikistonning Sug‘d viloyati Spitamen tumanida O‘zbekiston hisobidan qurilgan 640 o‘rinli maktab 2020 yil 20 sentyabrda ochilgan edi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025
Samarqandda ikki sud raisi ishdan olindi
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
08:50 / 18.12.2025