Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ilk davlat tashrifini boshladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ilk davlat tashrifini boshladi. Ayni vaqtda prezident Dushanbega yetib borgan.
Dushanbedagi xalqaro aeroportda Shavkat Mirziyoyevni qo‘shni davlat rahbari Imomali Rahmon, shuningdek, hukumatning boshqa a'zolari kutib olgan. Davlat rahbarlari faxriy qorovul ortidan o‘tishgan va muzokaralarning ilk bosqichi boshlangan.
«O‘zbekiston Prezidenti sharafiga butun shahar bo‘ylab davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilgan. Ko‘chalarga chiqqan minglab tojikistonliklarning yuz-ko‘zidagi xursandchilik ushbu tashrif ular uchun orziqib kutilgan voqea ekanidan dalolat beradi. Darhaqiqat, o‘zaro munosabatlar tarixida bu O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga ilk davlat tashrifidir. Tomonlar ushbu muzokaralarga mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, uni amaliy mazmun bilan boyitish uchun imkoniyat sifatida qaramoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Oliy darajadagi muzokaralarda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etiladi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar ko‘rib chiqiladi.
Turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat xalqiga qulayliklar yaratishga qaratilgan tarixiy hujjatlar imzolanadi.
Tashrif doirasida biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat san'at ustalari ishtirokida konsert tashkil etiladi.
Bundan avvalroq prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov tashrif doirasida kamida 27 hujjat, jumladan, prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi haqida ma'lum qilgandi.
Shuningdek, Dushanbeda bo‘lib o‘tgan biznes-forum va O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi yakuniga ko‘ra, 140 million dollardan ortiq shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024