Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat bu yil ham budjet loyihasini parlamentga vaqtida kiritmadi
Belgilangan muddatdan 25 kun o‘tgan bo‘lsa-da, budjet loyihasi va budjetnoma Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgani yo‘q, deya ma'lum qildi deputat Doniyor G‘aniyev.
Budjet kodeksining 97-moddasiga asosan, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritilishi belgilangan.
Lekin, parlament deputati Doniyor G‘aniyev o‘z Telegram-kanalida yozishicha, 2021 yil 9 noyabr holatiga, ya'ni belgilangan muddatdan 25 kun o‘tgan bo‘lsa-da, budjet loyihasi va budjetnoma Qonunchilik palatasiga kiritilgani yo‘q.
“Shuningdek, Budjet kodeksiga o‘tgan yili kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, kelgusi yil uchun yangilangan o‘rta muddatli davr fiskal strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 iyuniga qadar tasdiqlanishi va tasdiqlangan fiskal strategiya ma'lumot uchun Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishi hamda jamoatchilik uchun Moliya vazirligi veb-saytida e'lon qilinishi belgilangan.
Belgilangan muddatdan deyarli 5 oy o‘tgan bo‘lsa-da, o‘rta muddatli fiskal strategiya na Oliy Majlis palatalariga kiritilgan, na Moliya vazirligi veb-saytida e'lon qilingan. O‘zi umuman 2022 yil uchun yangilangan fiskal strategiya Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilganmi yoki yo‘q, bu ham noma'lum.
To‘g‘ri, bu yil mamlakat prezidentligiga saylov o‘tkazilgani va g‘olib nomzod tomonidan saylovoldi dasturda ilgari surilgan masala va rejalar yangi budjet loyihasida o‘z aksini topishi nuqtayi nazaridan 2022 yil uchun budjet loyihasini ishlab chiqish kechikishi tabiiy hol.
Lekin shunga qaramay, budjet loyihasining Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ham yetarlicha vaqt berilishi kerak. Garchi amalda deputatlar budjet loyihasi parametrlariga jiddiy o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritolmasalar-da, lekin budjet muhokamasi uchun Budjet kodeksida belgilangandek, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasiga ham kamida bir oy muddat qoldirilishi kerak.
Umid qilamanki, budjetnomani kiritishda kechikilgan vaqt uni Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqiladigan muddatni qisqartirish hisobiga qoplanmaydi”, deya yozdi deputat Doniyor G‘aniyev.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
21:24 / 03.12.2025