Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Financial Times ham Ilon Maskni «Yil insoni» deb e’lon qildi
Nashrning yozishicha, Maskning sa’y-harakatlari tufayli yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar transportning ekologik turlarini ishlab chiqarishga faol mablag‘ kirita boshladi.
Britaniyaning Financial Times gazetasi milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskni «Yil insoni» deb e’lon qildi.
U «avtomobilsozlik sanoatida elektromobillar ishlab chiqarishga tarixiy o‘tishni amalga oshirish» borasidagi sa’y-harakati uchun ana shunday e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Gazetaning e’tibor qaratishicha, Maskning sa’y-harakatlari tufayli yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham transportning ekologik turlarini ishlab chiqarishga faol mablag‘ kirita boshladi.
«Uzoq vaqt davomida avtosanoat vakillari Tesla’ni va meni ahmoq va yolg‘onchi deb atashdi. Ular elektromobillar ishlamaydi deyishdi», —dedi Tesla asoschisi nashrga bergan intervyusida.
Avvalroq Time jurnali Ilon Maskni «Yil insoni» deb e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026