Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qiziqchi, daho, sanoatchi, shoumen» - Time jurnali Ilon Maskni «Yil insoni» deb e'lon qildi
O‘tgan yili AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harris ushbu e'tirofga sazovor bo‘lgandi.
Tesla rahbari, SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Mask Time jurnali talqiniga ko‘ra «Yil insoni» deb topildi. Bu haqda nashr saytida ma'lum qilindi.
«U sayyoramizni qutqarishga va yangisini o‘zlashtirishga yordam berishga urinayotgan inson: qiziqchi, daho, provokator, oldindan ko‘ruvchi, sanoatchi, shoumen, shartaki, Edison, Barnum, Endryu Karnegi va «Saqlovchilar»dagi doktor Manhettenning telba aralashmasi... Uning SpaceX startapi Amerikaning fazoviy kelajagida Boeing’ni ortda qoldirdi. Uning Tesla avtokompaniyasi bir necha milliardlik avtomobillar bozorining uchdan ikki qismini nazorat qiladi, bu Maskni 250 mlrd dollar boylik egasiga va dunyoning eng badavlat shaxsiga aylantirdi», — deyiladi Time izohida.
O‘tgan yili AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harris ushbu e'tirofga sazovor bo‘lgandi.
Ilon Mask dunyoning eng badavlat kishisi hisoblanadi. Bloomberg axborot agentligining ma'lumot berishicha, tadbirkorning boyligi 268,9 mlrd dollarni tashkil etadi.
Mask o‘tgan haftada o‘ziga tegishli bo‘lgan eng so‘nggi ko‘chmas mulkni sotdi va rasman uysizga aylandi.
Mavzuga oid
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
07:33 / 23.02.2026
Mask Oyda elektromagnit katapulta qurmoqchi
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
18:16 / 05.02.2026