O‘zbekiston | 14:37 / 26.10.2022
12996
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ikkita Lacetti ishtirokidagi YTHda ulardan biri yonib ketdi

Hodisa A-380 G‘uzor -Buxoro-Nekus-Beynov avtomobil yo‘lining Muborak tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q, ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Bundan ikki oy oldan xuddi shu yo‘lda Spark va Gentra to‘qnashishi oqibatida mashinalar salonida bo‘lgan 8 kishi yonib ketgandi.

Videodan kadr

Bugun, 2022 yil 26 oktyabr kuni soat 11:20 larda, A-380 G‘uzor -Buxoro-Nekus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tgan 108-kilometrida ikkita Lacetti ishtirokida yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Qarshi-Muborak yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi T.D. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti Muborak gazni qayta ishlash zavodi ro‘parasida qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, ro‘parasidan kelayotgan, haydovchi T.T. boshqaruvida bo‘lgan boshqa bir Lacetti mashinasining yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, T.T. boshqaruvida bo‘lgan boshqa bir Lacetti mashinasida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, mashina yonib ketgan. Uning salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Muborak tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, 2022 yil 15 avgust kuni A-380 G‘uzor -Buxoro-Nekus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tgan qismida Spark va Gentra mashinalari o‘zaro to‘qnashib yonib ketgandi. To‘qnashuv oqibatida har ikkala mashina hamda ularda bo‘lgan 8 kishi yonib ketgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid