Ijtimoiy tarmoqlarda Muborak tumanida Spark hamda Gentra rusumli maşinalar yonib ketgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.
Hodisa 15 avgust kuni tunda A-380 Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yölining Muborak tumani hududidan ötgan qismida sodir bölgan.
Kun.uz'ning aniqlaşiça, katta tezlikda harakatlanayotgan maşinalardan biri ikkinçisining yöliga çiqib ketib özaro töqnaşgan. Şundan söng yonğin kelib çiqqan. Oqibatda har ikkala maşina va ularda bölgan odamlar yonib ketgan.
16 avgust kuni Kun.uz muxbirlari voqea joyida bölib, hodisani örganişdi. Tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi.
Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan viloyat IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumanida Nexia YTHga uçrab yonğin sodir bölgan va oqibatda maşina salonida bölgan 4 kişi maşinaga qöşilib yonib ketgandi.

















