“O‘tkan kunlar” romani asosida myuzikl yaratiladi
Bu haqda 14 noyabr kuni Xalqaro forumlar saroyida o‘tgan tadbirda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani asosida myuzikl yaratilmoqda. Bu haqda Xalqaro forumlar saroyida o‘tgan davra suhbatida ma’lumot berildi. Tadbirda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, myuziklni yaratish bo‘yicha ijodiy guruh a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Saida Mirziyoyevaning aytishicha, bu myuziklning tomoshabinlar e’tibor markazidagi durdona asarga aylanishi juda muhim.
“Biz uchun o‘zbek xalqi qiyofasi, uning tarixi va madaniyati dong‘ini dunyoga taratishni, o‘zbek adabiyotining jahon manzarasidagi nufuzini oshirishni davom ettirish nihoyatda muhim. Bu qiziqarli, talabgor hamda o‘zaro anglashuv uchun zarur ekanini tushunamiz. “O‘tkan kunlar” romanida gavdalantirilgan XIX asrdagi Markaziy osiyolik kishilarning tarixi hamda muallifning shaxsiy hikoyalari barchani ilhomlantiradi – degan umiddamiz”,— ledi tadbirda nutq so‘zlagan Mirziyoyeva.
Mazkur myuziklni suratga olish ishlari keyingi yil davomida bo‘lib o‘tadi va loyiha o‘sha yil so‘ngida jamoatchilikka namoyish etilishi kutilmoqda.
“Bu loyiha doirasida qator tadbirlar amalga oshiriladi. Myuzikl – juda ham murakkab janr bo‘lib, chunki bunday ko‘rinishdagi sahna asarlari auditoriyaga tushunarli qilib ishlanishi zarur.
Mening fikrimcha, “O‘tkan kunlar” hech qaysi kitobxon, tomoshabinning e’tiboridan chetda qolmagan asar hisoblanadi. Mana uning yozilganiga asr bo‘lsa-da, avlodlar buni sevib qabul qilmoqda. Shuningdek, asardagi voqealar myuziklning janr formulasiga tushishi mumkin. Shuning uchun ham aynan “O‘tkan kunlar” asari tanlab olingan”, – deydi kinoshunos, san’atshunoslik fanlari doktori Nigora Karimova.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu myuziklni yaratish ustida o‘zbekistonlik hamda xorijlik sahna ustalari, dramaturglar, liboslar bo‘yicha rassomlar, aranjirovkachi, xoreograflardan iborat baynalmilal jamoa ish olib boradi.
Aktyorlar tarkibi esa milliy kino va teatr san’atkorlaridan iborat bo‘ladi.
Taniqli sahnalashtiruvchi rejissyor Aleksey Frandetti myuziklning bosh rejissyori hisoblanadi. U 1984 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan rejissyor ilk marta 2013 yilda Kirill Serebrennikov bilan hamkorlikda “Bahorning uyg‘onishi” asarini sahnalashtirgan. Frandetti “Rossiya Kultura” telekanalining “Katta myuzikl” loyihasining tashabbuskori sanaladi. Rejissyor ko‘plab mukofotlar, xususan, “Oltin niqob” teatr mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2022 yildan buyon Moskvadagi “Lenkom” teatrining bosh rejissyori sifatida ishlab kelmoqda.
“Musiqa – murakkab mavzuni tushunarli shaklda taqdim etish mahoratidir. Bu myuziklni shunchalik qiziqarli qilib ishlash kerakki, sahna asari nafaqat markaz shaharlari aholisi, balki viloyatda yashovchilarning ham e’tiborini tortishi kerak. Albatta, bu oddiy vazifa emas, ammo biz bunga tayyormiz.
Bilasizmi, men Buyuk Britaniyada, Yevropaning boshqa mamlakatlari hamda Amerikada, albatta, Rossiyada ham ishladim. Shunda o‘ylab qoldim, nima uchun meni tug‘ilgan joyimga chaqirishmayapti? – deb. Chunki men o‘z “uyim” uchun biror ish qilishni juda ham istagan edim. Vanihoyat, bu kunlar keldi, juda mamnunman”,– dedi film rejissyori.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni shu myuzikl uchun yosh va hammaga ham mashhur bo‘lmagan ijodkorlarni jalb etish kerak.
“Bir paytlar mening kursdoshlarim: Maksim Matveyev, Katya Vilkova hamda Anton Shagin “Stelyagi” filmida rol ijro etib, hamma yerni yondirishgan edi. Bu tarix yana bir qaytarilishini, ushbu myuziklimizda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan, yosh aktyor va aktrisalar bo‘lishini xohlardim. Albatta, ular Toshkentdan bo‘lishi shart emas, istaganlar Samarqand yoki Nukusdan ham kelishi mumkin, bu borada cheklov yo‘q. Chunki biz butun mamlakat bo‘ylab ochiq kastingni o‘tkazamiz”, – dedi u.
Sahna asari barcha uchun maroqli va idrok etish oson bo‘lgan sahna asari bo‘ladi. Unda otalar va farzandlar muammosi, o‘sha davrda mavjud bo‘lgan va hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan ijtimoiy muammolar haqida so‘z boradi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

14:33 / 01.06.2024
Misrda "O‘tkan kunlar" romanining arab tilidagi nashri taqdimoti o‘tkazildi

07:54 / 24.04.2024
«O‘tkan kunlar» romani ilk bor arab tilida nashr etildi

07:51 / 31.07.2023
Misrda «O‘tkan kunlar» romani arab tiliga tarjima qilinmoqda

09:52 / 21.10.2021