Amerikalik milliarder Ilon Mask Bloomberğga bergan intervyusida beş yildan keyin ham Tesla’ni boşqarişni davom etişini, ammo siyosatdan ketmoqçi ekanini ma’lum qildi. Maskning sözlaridan keyin Tesla aksiyalari 3,6 foizga kötarildi.
Ilon Mask — Donald Tramp ma’muriyatida AQŞ Hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) kuratori. Uning prezident bilan yaqinligi va yangi lavozimda amalga oşirgan işlari, jumladan, davlat xizmatçilarini ommaviy ravişda işdan böşatişlar köplab tandiqlarga sabab bölmoqda. AQŞ va butun dunyo böylab Maskning DOGE’dagi faoliyati sabab işlab çiqaruvçiga qarşi namoyişlar bölib ötdi.
Investorlarni tinçlantiriş maqsadida biznesmen kelajakda siyosatga «kamroq vaqt» ajratişga va’da berdi. Aprelda u Oq uydagi iş faoliyatini haftasiga bir-ikki kunga qadar qisqartirişini aytgandi. Oq uy apparati rahbari Syuzan Uaylsning sözlariga köra, Mask DOGE’dagi faoliyatini deyarli masofadan turib bajarmoqda.
Milliarderning sözlariga köra, u Tesla aksiyalariga köproq boylik orttiriş maqsadida egalik qiliş niyatida emas. «Bu pul masalasi emas. Bu kompaniya kelajagini oqilona nazorat qiliş masalasidir», — deydi u.
Bloomberg hisob-kitoblariga köra, Ilon Maskning boyligi 376 milliard dollarni taşkil etadi. U 2008 yildan beri Tesla boş direktori lavozimida işlab kelmoqda va kompaniyaning eng yirik aksiyadori hisoblanadi — 13 foiz uluşga ega. AQŞ prezidenti saylovlaridan bir neça hafta ötib, investorlar elektromobil işlab çiqaruvçining aksiyalariga 700 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan edi. Dekabr oyida Tesla aksiyalari tarixiy maksimumga qadar kötarildi — 488,54 dollar. Natijada, Mask boyligi 400 milliard dollardan oşdan tarixdagi birinçi insonga aylandi. Ammo şundan buyon kompaniya aksiyalari qiymati 50 foizdan ortiqqa tuşib ketdi.
The Wall Street Journal 1 may kuni Tesla direktorlar kengaşi Maskning örniga yangi boş direktor qidirayotgani haqida yozgandi. Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, direktorlar kengaşi a’zolari allaqaçon bir neçta kompaniyaga bu borada murojaat qilgan. Taxminan şu vaqtda Tesla rahbariyati Mask bilan ham uçraşgan. Undan kompaniyadagi işiga köproq e’tibor qaratişni söraşgan. WSJʼning qayd etişiça, Mask bunga e’tiroz bildirmagan.












