Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Anvar Karimov viloyat hokimi o‘rinbosarligidan ketdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Rahimjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Raximjon Boboyev 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2001 yilda shu universitetning magistraturasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — menejment, boshqaruv menejmenti.
Boboyev mehnat faoliyatini «O‘zmevasabzavotuzumsanoat-holding»da boshlagan, 2006–2016 yillarda «O‘zvinosanoat-holding» holding kompaniyasi Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i, kompaniya boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan, 2016–2017 yillarda Boyovut tumanida, 2017–2020 yillarda Xovos tumanida hokim bo‘lgan.
2020 yil davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘lib ishlagan, 2020 yil oxiridan bugunga qadar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimini 2019 yil aprelidan buyon Anvar Karimov egallab turgandi.

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, ijod maktabi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil noyabrida Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. Bugungi sessiyada u hokimlikka rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Jahon | 12:31
-
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi
Jamiyat | 12:10
-
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Jahon | 11:51
-
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:34
Mavzuga oid

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025