Prezidentning tegişli farmoni bilan Akmal Mahmudaliyev zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajariş yuklatildi.
ÖzA xabariga köra, prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boşçiligida Sirdaryo viloyatida bölib ötgan yiğilişda mazkur farmon matni öqib eşittirilgan va yangi hokim jamoaga taniştirilgan.
Akmal Mahmudaliyev köp yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba töplagan.
U Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farğona viloyatining Uçköprik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatçi edi) hamda prezidentning davlat xizmati masalalari böyiça maslahatçisi (bungaça vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim – prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etilgandi. Prezident farmoni bilan uşbu lavozimga Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Ğofur Mirzayev tayinlandi. Şu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamçilari lavozimlari taşkil etiladi. Sardor Umrzoqovning yordamçilari bevosita özlari biriktirilgan hududlarda işlaydi va administratsiyaning hududlar bilan töğridan töğri aloqasini ta’minlaydi.

















