Jahon | 18:08 / 08.05.2023
13157
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi.

Foto: Reuters

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari may oyi o‘rtalarida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi.

Xitoy raisi Si Jinping taklifiga binoan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-20 may kunlari Xitoyda davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Davlat tashrifi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 18-19 may kunlari Sian shahrida Si Jinping raisligida bo‘lib o‘tadigan «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitidagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bu sammit haqida 27 aprel kuni Sian shahrida o‘tgan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan keyin e’lon qilingandi. Bu uchrashuvdan bir necha kun oldin Xitoyning Fransiyadagi elchisi possovet davlatlarining suverenitetiga shubha bildirib, ayrim davlatlar va Pekin o‘rtasida diplomatik mojaroga sabab bo‘lgandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid