27 aprel kuni Xitoyning Sian şahrida «Markaziy Osiyo – Xitoy» şaklidagi taşqi işlar vazirlarining törtinçi uçraşuvi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston taşqi işlar vazirlari hamda Turkmaniston vazir örinbosari darajasida vakili iştirok etdi.

Uçraşuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy örtasidagi özaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Vazirlar uçraşuvida 2023 yil may oyida Sian şahrida davlat rahbarlarining «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun delegatsiyalar rahbarlari iştirokida press-brifing ötkazildi.

Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov öz nutqida uşbu format mintaqaviy özaro boğliqlikni mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun muhim platforma ekanligini ta’kidladi. Uşbu mintaqaviy muloqotning ustuvor yönalişlariga savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar yönalişlar kiradi. Işbilarmon doiralar vakillarining faol iştirokida Markaziy Osiyo davlatlari va XXR örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş imkonini berişiga işonç bildirildi.

Foto: Özbekiston TIV matbuot xizmati
Foto: Özbekiston TIV matbuot xizmati

Brifingda iştirokçi mamlakatlarning taşqi işlar vazirlari iştirok etib, vazirlar uçraşuvi yakunlari böyiça öz bayonotlari, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan öz pozitsiyalarini bildirdilar.

Xitoy Davlat kengaşi a’zosi va taşqi işlar vaziri Sin Gan öz nutqi davomida Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi. U tomonlar bir-birlarining milliy manfaatlarini hurmat qilişlarini va taşqi kuçlarning içki işlarga aralaşişiga yöl qöymasligini ta’kidladi.