Jahon | 15:44 / 29.06.2023
26349
4 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklar vertolyotlarga, ukrainlar dronlarga tayanmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 490-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The New York Times nashri AQSh maxsus xizmatlari ma’lumotiga tayanib, general Sergey Surovikin Prigojinning isyon uyushtirish rejasidan xabardor bo‘lgani haqida yozdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni «spekulyatsiya va g‘iybat» deb atadi. The Moscow Times nashri o‘z manbasiga asoslanib, Surovikin qo‘lga olingani haqida xabar tarqatgan, ammo bu ma’lumot hozircha rasmiy manbalarda tasdiqlanmagan.
  • Ivanovo oblasti gubernatori Vagner XHK isyoni vaqtida urib tushirilgan Il-22 samolyoti ekipaji halok bo‘lganini tasdiqladi. Region rahbari bortda necha kishi bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
  • Rossiya rasmiylari ilk marta «diversantlar»ning Belgorod oblastiga iyun oyi boshida amalga oshirgan reydi oqibatida halok bo‘lganlar borligini tan oldi: 14 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi asir tushgan.
  • Kramatorskda rossiyaliklar raketasi zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil etdi, yana 60 dan ortiq kishi jarohatlangan. Kremldagilar RF qurolli kuchlari fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermasligini ta’kidlagan. Rossiya mudofaa vazirligi Kramatorskda Ukraina qurolli kuchlari harbiylari dislokatsiya manzili nishonga olinganini iddao qildi.
  • Odessa sudi Mikolayiv oblasti prokuraturasining sobiq rahbari Gennadiy Germanni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, German Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan va ularga Ukraina qurolli kuchlari hamda regiondagi vaziyat haqida ma’lumot yetkazib turgan.

Kun kadri. Donetsk o‘qqa tutilishi oqibati

Anneksiya qilingan «DXR» aholisi vakili Donetsk o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘ldi
Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi rossiyalik vertolyotchilar 

Rossiyalik harbiy xizmatchi ukrainlarning qarshi hujumida asosiy janglar ketayotgan Zaporijjya oblastida Ka-52 «Alligator» rusumli razvedka-zarbdor vertolyotida
Rossiyaning Ka-52 jangovar vertolyoti Ukraina bilan urushda faol qo‘llanmoqda. RF mudofaa vazirligining «Zvezda» nashri qayd etishicha, «Alligator» «raqibning tanklari, jangovar texnikalari, jonli kuchlari va vertolyotlarini yo‘q qilish»ga, shuningdek razvedka maqsadlari, desantchilarni o‘t ochib qo‘llab-quvvatlash va patrullik uchun mo‘ljallangan.
Ukraina razvedkasi rossiyaliklarning Ka-52 vertolyotlari yo‘q qilingani to‘g‘risida xabar bergan, masalan, Pskov oblastidagi aerodromda.

Donetsk oblastida dron uchirayotgan ukrainalik askarlar 

Donetsk oblastidagi front chizig‘ida dron uchirishga tayyorlanayotgan ukrainalik harbiy — ular razvedka ma’lumotlari yig‘ish, yuklar yetkazish va raqib pozitsiyalariga zarba berish uchun qo‘llanadi.
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Mavzuga oid