Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchisini kaltakladi
IIB tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bolani sinfdoshlarining oldida urgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa G‘uzor tumani «Pachkamar» MFYda joylashgan 40-maktab filialida sodir bo‘lgan. O‘qituvchi A.X. 3-sinf o‘quvchisi E.S.ni urgan.
G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, holat G‘uzor tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olingan.
Hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
«Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi» deyiladi munosabatda.
Maktablarda o‘quvchilarning o‘qituvchi yoki aksincha ustozlarning o‘quvchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan kaltaklanishi avval ham kuzatilgan.
Xususan, 2022 yilning oktyabrida Namanganda o‘quvchi sinfdoshi bilan urishib, darsga xalal bergani uchun o‘qituvchi bolani kaltaklagandi. Keyin unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
O‘sha yili noyabr oyida esa Buxoro viloyatidagi maktablardan birida darsda o‘qituvchi berilgan vazifani tekshirish davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ayovsiz urgandi.
2023 yil aprel oyida esa Surxondaryoning Uzun tumanidagi 31-maktabda ikki ayol o‘qituvchi erkak hamkasbi tomonidan do‘pposlangandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi oradan 4 kun o‘tib, video internetda tarqalganidan keyin qo‘zg‘atilgandi va mushtumzo‘r qo‘lga olingandi.
Shu yil may oyida poytaxtning Chilonzor tumanidagi 178-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchining onasi tomonidan kaltaklangandi. Holatga bolalarning o‘zaro janjali va ta’lim muassasasidagi yig‘-yig‘lar sabab bo‘lgani aytilgandi.
Iyunda Toshkentning Uchtepa tumanida o‘qituvchi o‘quvchisining yaqinlari tomonidan kaltaklanib, janjalda maktab mulkiga zarar ham yetkazilgan edi.
Joriy yil oktyabrda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 2-IDUM o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
08:29 / 26.05.2026