Jahon | 16:18 / 16.01.2024
14311
5 daqiqa o‘qiladi

Davosga borgan Zelenskiy va muzlagan front. Urush suratlari

Ukrainada urushning 691-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain harbiylari Azov dengizi ustida Rossiyaning A-50 va Il-22 samolyotlarini urib tushirganini ma’lum qildi. Rossiya tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.
  • RF hukumat komissiyasi armiya to‘g‘risidagi «feyk» uchun mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat hozircha Davlat dumasiga kiritilmagan.
  • RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin 2022 yil fevralidan buyon Rossiyada armiya to‘g‘risidagi «feyk» bo‘yicha 273 ta jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi. Shundan 90 tasi — 2023 yilda.
  • Germaniyadagi Bild tabloidi Rossiya va NATO davlatlari o‘rtasidagi urushning ehtimoliy ssenariysi haqida yozdi. RFda bu material «hazil» deb baholandi, nashrning o‘zi — «axborot chiqindixonasi» deb ataldi. NATOdagilar Bild tomonidan nashr etilgan ssenariy aslida maxfiy razvedka tahlili emas, balki mashg‘ulot rejasi sifatida ishlab chiqilganini bildirdi.
  • Finlandiyadagi Yle telekanaliga ko‘ra, 20 dan ortiq fin kompaniyalari Rossiyaga harbiy maqsadli mahsulotlarni eksport qilmoqda. Jurnalistlar bog‘langan bir necha kompaniya xodimlari sanksiyalarni buzayotgani va Rossiya harbiy kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotganini rad etishgan. Ular o‘z mijozlarining Rossiya harbiy sanoati va razvedka xizmatlari bilan aloqalari haqida bilmasligini aytishgan.
  • Shveytsariya va Ukraina jahon mamlakatlari yetakchilari darajasidagi global sammit o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Unga Rossiya taklif etilmagan, sammit qachon o‘tkazilishi — hozircha noma’lum.

Volodimir Zelenskiy Bernda shveysariyalik siyosatchilar bilan

Shveytsariyaning Davos shahrida 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi arafasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bernda Shveytsariya prezidenti Viola Amerd, mamlakat Milliy kengashi raisi Erik Nussbaumer, Shveytsariya Kantonlar kengashi raisi Eva Hersog hamda parlamentdagi partiyalar va fraksiyalar yetakchilari bilan uchrashdi. Ular frontdagi vaziyat va Ukraina taklif qilayotgan «tinchlik formulasi»ni muhokama etishgan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Shveytsariya va Ukraina davlat rahbarlari darajasidagi global tinchlik sammitiga tayyorgarlikni boshlashga kelishib olishgan.

«Ukraina tashabbuslari asta-sekin global tashabbuslarga aylanib bormoqda. Men bu borada yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman», — degan Zelenskiy shveysariyalik siyosatchilar bilan uchrashuvdan keyin bergan kechki videomurojaatida.

Iqtisodiy forum doirasida Zelenskiy Ukrainaning Yevroatlantika integratsiyasi, g‘arb mamlakatlari bilan mudofaa va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida hamkorlik qilish, shuningdek Rossiyaga olib ketilgan ukrain bolalarini qaytarish, Rossiyaga qarshi sanksiyalar, Rossiyaning Yevropadagi aktivlarini muzlatish hamda ukrain zaminini minalardan tozalash masalalarini muhokamaga kiritishni rejalashtirgan. Uning Davosdagi chiqishi 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Volodimir Zelenskiy Bernda Shveytsariya prezidenti Viola Amerd va boshqa mahalliy siyosatchilar bilan uchrashdi
Alessandro della Valle / EPA / Scanpix / LETA

Kreminna yaqinidagi pozitsiyalarda turgan ukrain harbiylari 

Ukraina QK jangchilari Kreminna shahri yaqinidagi janglar davom etayotgan Serebryansk o‘rmonidagi pozitsiyalarda navbatchilikdan keyin dam olmoqda. Bu yil yanvarida ushbu hududda harorat -15°C darajaga tushib ketdi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kreminna yaqinida muzlagan okopda artilleriya zarbalaridan berkinayotgan ukrainalik jangchi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Serebryansk o‘rmonida ukrainlarning okoplari
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Okopda uxlayotgan ukrain jangchilari
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Olov atrofida isinayotgan ukrain harbiylari
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Baxmut atrofidagi ukrainlarning razvedka dronlari 

Ukrain harbiylari Baxmut atrofidagi front chizig‘ida razvedka dronini parvozga tayyorlamoqda, ayni vaqtda bu hududda Rossiya qo‘shini hujumga o‘tgan.
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut atrofida havoga ko‘tarilgan ukrain droni
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Mavzuga oid