Urush boshlanganidan beri RFda «feyklar» bo‘yicha 273 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi
2022 yildan beri RF Tergov qo‘mitasi harbiy «feyklar» bo‘yicha 273 ta va Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» bo‘yicha 81 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar berdi Aleksandr Bastrikin.
RFda Rossiya armiyasi haqida «feyklar»ni tarqatish uchun jinoiy javobgarlik joriy etilgandan beri Tergov qo‘mitasi 273 ta jinoiy ish ochdi, ulardan 90 tasi - 2023 yilda. Bu haqda idora boshlig‘i Aleksandr Bastrikin 15 yanvar, dushanba kuni chop etilgan RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb ikki yil davomida ushbu modda bo‘yicha ayblanayotgan 136 nafar shaxsga nisbatan Rossiya sudlariga 134 ta ish yuborilgan. TQ RF qurolli kuchlarini «obro‘sizlantirish» moddasi bo‘yicha yana 81 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deya qo‘shimcha qildi Bastrikin. Sudlarga 44 ta ish kelib tushdi, ularda 45 nafar shaxs nomi tilga olingan.
Rossiyada siyosiy sabablarga ko‘ra jinoiy ta’qiblarning mustaqil hisobini yurituvchi «OVD-Info» inson huquqlari loyihasiga ko‘ra, 261 kishi harbiy «feyklar» bo‘yicha, 154 kishi - Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» bo‘yicha ishlarda ishtirok etgan.
Armiyani «obro‘sizlantirish» va RF QK haqidagi «feyklar» bo‘yicha moddalar
Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik, shuningdek, Rossiyada harbiy xizmatchilar haqidagi «feyklar» uchun jinoiy javobgarlik 2022 yil mart oyida kiritilgan. Bir yil o‘tgach, 2023 yil mart oyida tegishli qonunlar yollanma askarlar va «ko‘ngillilar» ga nisbatan xuddi shunday «qonunbuzilishlar»ni qamrab olish uchun kengaytirildi.
2023 yil dekabr oyida RF Davlat dumasi uchinchi va yakuniy o‘qishda Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan rosgvardiyachilar haqidagi «feyklar» uchun javobgarlik to‘g‘risida qonun loyihasini ma’qulladi.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024