14 yanvar kuni keçqurun ukrain naşrlari Ukraina QK havo kuçlari Azov dengizi ustida Rossiyaning A-50 rusumli razvedkaçi samolyotini urib tuşirib, Il-22M11 havo qömondonlik punktiga zarba bergani haqida xabar tarqatdi. Jurnalistlar ukrain qurolli kuçlaridagi manbalariga havola berişgan. Hromadske telekanali bu ma’lumot Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qilgan. Keyinroq Ukraina QK boş qömondoni Azov dengizi uzra Rossiyaga tegişli A-50 hamda Il-22 havo qömondonlik punkti bölgan samolyotlar urib tuşirilganini ma’lum qildi. U Havo kuçlariga «Azov hududidagi mukammal rejalaştirilgan va amalga oşirilgan amaliyot uçun» minnatdorçilik bildirdi. 

Ukrain naşrlariga köra, A-50 tomon zarba mahalliy vaqt bilan 14 yanvar kuni soat 21:10–21:15 atrofida (Moskva vaqti bilan 22:10-22:15) Zaporijjya oblasti Kirillovka posyolkasi atrofidan turib yöllangan. Şundan keyin samolyot radarlardan yöqolgan va taktik aviatsiya sörovlariga reaksiya qilişni töxtatgan. Il-22M11 esa taxminan soat 21:00 atrofida Xerson oblastining  Strelkove qişloği hududida zarbaga uçragan. «RBK-Ukraina» naşri Il-22M uçuvçisining Krasnodar ölkasi Anapa şahridagi aerodrom dispetçeri bilan muloqot audioyozuvini e’lon qilgan, unda uçuvçi qöniş yölagiga tez yordam va öt öçiriş maşinalari çaqirişni söragani aks etgan.

A-50 — sovetlar davrida işlab çiqarila boşlagan samolyot bölib, uzoq radiolokatsion aniqlaş va boşqariş tizimiga ega. Bitta şunday samolyot narxi 330 million dollarga baholanadi. Bu model Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnika kompleksida «Vega-M» ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi hamda asboblar işlab çiqariş ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida Il-76 oğir transport samolyoti bazasida yasalgan. U havodagi, suv yuzasidagi va yer ustidagi nişonlarni aniqlaşi (bir vaqtning özida 60 tagaça), ular tomon qiruvçi samolyotlar yoki aviatsiya frontoviklarini yönaltirişi mumkin. RF Havo-kosmik kuçlari ixtiyorida qança A-50 borligi noma’lum. Military Watch Magazine ma’lumotiga köra, 2023 yilda Rossiya A-50 rusumli samolyotlardan uçtasiga va uning modifikatsiya varianti bölgan yettita A-50U samolyotiga egalik qilgan. 2023 yil boşida Forbes Rossiya qöşinlarida töqqizta A-50 borligini yozgandi. 2023 yil sentabrida «Rostex» Rossiya armiyasiga yana bitta şunday samolyot yetkazib bergan.

Il-22 — havo qömondonlik punkti bölib, qöşinlarni boşqariş uçun möljallangan. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, Rossiya qurolli kuçlarida bunday samolyotlardan köpi bilan 12 ta bor.

Rossiya mudofaa vazirligi ukrain naşrlari va harbiylarining sönggi bayonotlari yuzasidan izoh bermadi. Ammo samolyotlardan biri urib tuşirilgani, boşqasi esa zarbaga uçragani töğrisidagi ma’lumotni rossiyalik harbiy muxbirlar va harbiy sohaga ixtisoslaşgan blogerlar tasdiqlaşgan. Şu bilan birga, ularning qayd etişiça, Il-22 samolyoti şikastlanganiga qaramay yerga qönişga muvaffaq bölgan.

RF mudofaa vazirligiga aloqador sanalgan Rybar telegram-kanali 14 yanvar kuni keçqurun agar A-50 yöqotilgani va Il-22 şikastlangani töğrisidagi ma’lumot tasdiqlansa, bu «Rossiya Havo-kosmik kuçlari hamda havo hujumidan mudofaa kuçlari uçun yana bir qora kun» bölişini ta’kidlagan. Uning qayd etişiça, A-50 samolyotlari şusiz ham «köp emas», «ular uçun mutaxassislar esa barmoq bilan sanarli darajada». Muallifning sözlariga köra, bunday tipdagi samolyot zarbaga uçraganida ekipajni «saqlab qoliş imkonsiz iş». U şuningdek samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlarining «döstona zarbasi» oqibatida urib tuşirilgani haqidagi variantni istisno qilgan. 

Muallifi Rossiya Havo-kosmik kuçlariga aloqador ekani aytiladigan Fighterbomber telegram-kanali amalda A-50 halokatini tasdiqlagan. «Fojia har doim fojia. Ayniqsa bunday kölamdagisi. Unda kim bölganidan qat’i nazar. Uçuvçilar ölimida kim aybdorligini biz yaqin orada bila olmaymiz. Halok bölganlarga abadiy parvoz, yaralanganlarga tezda soğayib ketişi va safga qaytişini tilayman», — deya yozgan bloger.

15 yanvar kuni kunduzi Rossiya va Ukrainadagi telegram-kanallarda zarbaga uçragan Il-22 samolyoti aks etgan fotosuratlar tarqaldi. Fotolarda samolyotning dum qismida köp sonli şikastlanişlar borligini köriş mumkin. «Kil (samolyot quyruq qismidagi buriş ruli örnaşgan vertikal sirt), stabilizator jiddiy şikastlangan, boşqaruv ruli yönalişida katta teşiklar, fyuzelyajning orqa qismida kiçikroqlari», — deya qayd etiladi BBC rus xizmati xabarida.

«Komsomolskaya pravda» harbiy muxbiri Aleksandr Kots «qulagan A-50 borligi va qutqarilgan Il-22 borligi»ni yozgan. Rossiyaparast bloger Yuriy Podolyak şunday yozgan: «A-50 böyiça… Afsuski, bu töğri».

Ukraina QK havo kuçlari spikeri Yuriy Ignat şikastlangan Il-22 fotosiga izoh bergan. «Aftidan, Il-22 ni Anapagaça olib borişgan. Joni qattiq yaramas. Ammo, körganingizdek, toğorani „tiklab bölmaydi“. Şuning uçun, kim nima desa ham, nişon yöq qilingan, reanimatsiya yordam bermaydi», — degan Ignat. Uning sözlariga köra, Ukraina QK uçun ustuvor nişon A-50 bölgan. «Bugungi kunga qadar Havo kuçlari uçun bu bortni yakson qiliş imkonsiz vazifa bölib tuyulardi», — deya qöşimça qilgan u. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda Ukraina QK Rossiya samolyotlarini urib tuşirgani böyiça ma’lumot yöqligini aytgan. «Nima bölganda ham, bu mavzu maxsus harbiy amaliyotga taalluqli», — degan u va bu ma’lumot böyiça RF mudofaa vazirligidan oydinlik kiritişni söragan.

Belarusda A-50 bilan boğliq diversiya

2023 yil fevral oyi oxirida belaruslarning BYPOL taşkiloti faollari Minsk yaqinidagi Maçulişçidagi aerodromga diversiya uyuştirilgani va u yerdagi ruslarning A-50 samolyotiga ikkita dron orqali 200 gramm trotil ekvivalentidagi portlovçi moddalar taşlangani haqida xabar bergandi. Natijada samolyot jiddiy şikastlangani va endi «uça olmasligi» ma’lum qilingandi. Aerodromdagi portlaşlardan keyin u yer qurollangan harbiylar tomonidan örab olingan, tez yordam maşinalari va tergovçilar yetib kelgandi. 

Belarus hukumati diversiya faktini rad etib, uçiş yölagida harakatlanayotgan A-50 videosini namoyiş etgandi. Lekin bu video qaçon olingani noma’lum edi.

4 mart kuni «Zerkalo» naşri A-50 ta’mirlaş uçun Taganrogga olib ketilganini ma’lum qildi. Naşr jurnalisti özini Maçulişçidagi aerodrom xodimi sifatida taniştirib, Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnik kompleksiga qönğiroq qilgan va u yerdagilar unga bu ma’lumotni tasdiqlaşgandi.