Jahon | 09:05 / 16.01.2024
1803
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada «feyklar» uchun sudlanganlarning mulki musodara qilinishi mumkin

RBK va RTVI ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati RF QK haqidagi «feyklar» bo‘yicha moddani mol-mulkni musodara qilish nazarda tutilgan jinoyatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan.

Foto: The State Duma/AP/picture alliance

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, RF hukumati Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» va dezertirlikka ommaviy chaqirishda ayblanganlarning mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. 15 yanvar, dushanba kuni ushbu hujjat qonun ijodkorligi bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan ma’qullandi, deb xabar bermoqda RBK va RTVI.

Qonun loyihasi Davlat dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya, shuningdek, dumaning xavfsizlik va madaniyat qo‘mitalari rahbarlari Vasiliy Piskarev va Yelena Yampolskaya tomonidan ilgari surilgan. Avvalroq u barcha huquq-tartibot idoralari tomonidan ma’qullangan edi, deb yozadi RBK hukumatdagi manbaga tayanib. 

G‘araz niyatda sodir etilgan jinoyatlar uchun mulkni musodara qilish 

Qonun loyihasi RF JKning ikkita moddasini mulkni musodara qilish nazarda tutilgan jinoyatlar ro‘yxatiga kiritishni ko‘zda tutadi - «RF QKdan foydalanish to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumotni ommaviy ravishda tarqatish va davlat organlarining o‘z vakolatlarini bajarishi to‘g‘risida»gi 207.3-modda, shuningdek, «davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga (masalan - dezertirlikka) ommaviy chaqiriqlar» bo‘yicha 280.4-modda.

Qayd etilishicha, agar fuqarolar ushbu jinoyatlarda aybdor deb topilsa va ular g‘arazli sabablarga ko‘ra sodir etilgan bo‘lsa, mulkni musodara qilish tarzidagi jazo qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Hujjat hali Davlat dumasiga taqdim etilmadi.

Shu bilan birga, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri RFda RF QK haqidagi «feyklar» bo‘yicha 270 dan ortiq jinoiy ish ochildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid