Şveytsariya va Ukraina global tinçlik sammitini taşkil qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda ikki davlat prezidentlari Viola Amherd va Volodimir Zelenskiy 15 yanvar, duşanba kuni Bernda ma’lum qildi. Tomonlar yaqin vaqt içida uşbu tadbirga tayyorgarlikni boşlaş niyatida. Sammitning aniq sanasi hozirça ma’lum qilinmagan. 

Ukraina rahbari uçraşuvga Ukrainaga hujum qilişda davom etayotgan Rossiyani taklif qiliş rejasi yöqligini aniq aytdi. Unga Ukraina hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlovçi barça davlatlar taklif etiladi, dedi u. Zelenskiy Telegram’da har ikki davlat jamoalari 16 yanvar kuni Şveytsariyada bölib ötadigan global tinçlik sammitiga tayyorgarlikni boşlaşini aytdi. 

Ukraina böyiça beşinçi konferensiya 

Şveytsariyadagi tinçlik sammiti 2023 yilda Daniya, Saudiya Arabistoni va Maltada, şuningdek, 2024 yil 14 yanvarda Davosda bölib ötgan Ukrainada tinçlik örnatiş böyiça törtta konferensiyaga öxşaş formatda ötkaziladi. 

Davos konferensiyasida 83 davlat va xalqaro taşkilot vakillari iştirok etdi. Unda Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan tartibga soliş böyiça Kiyev rasmiylari tomonidan tuzilgan ön bandlik rejada keltirilgan asosiy talablar muhokama qilindi. Xususan, Rossiya qöşinlarini Ukraina butun hududidan olib çiqib ketiş, rossiyalik harbiy jinoyatçilarni jazolaş va Rossiya tomonidan yetkazilgan zarar uçun tovon tölaş közda tutilgan. Xitoy konferensiyada iştirok etmadi, ammo prezident Zelenskiyning idorasi Pekinni tinçlik jarayoniga jalb qiliş istagini bildirgan. 

Berndan Volodimir Zelenskiy Davosga keladi va u yerda Jahon iqtisodiy forumida iştirok etadi.