Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Ta’kidlanishicha, afv etilganlarning barchasi o‘z aybiga iqror bo‘lgan, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va kechirim so‘rab murojaat qilgan.

Foto: IMAGO
Aleksandr Lukashenko «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan 32 nafar Belarus fuqarosini afv etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan Telegramʼdagi «Pul pervogo» kanali xabar berdi.
Afv etilganlarning sakkiz nafari ayollar bo‘lsa, 24 nafari — erkaklar. Ularning ismi oshkor etilmadi. Ta’kidlanishicha, mahkumlarning barchasi o‘z aybiga iqror bo‘lgan, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va kechirim so‘rab murojaat qilgan.
«17 nafarida surunkali kasallik bor, bir nafari nogiron. Mahkumlarning 17 nafarining farzandi bor, ikki nafari — ko‘p bolali. Afv etilganlarning to‘qqiz nafari — 50 yoshdan katta», deyiladi xabarda.
So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentabrda — 30 kishi, 16 sentabr — 37 mahkum, noyabr boshlarida esa 31 kishi ozodlikka chiqdi. Lukashenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barcha holatlarda afv etilganlar ismini oshkor etmadi.
Oktyabr oxirlarida Aleksandr Lukashenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etish haqida murojaat qilsa, uni afv etish masalasini ko‘rib chiqishga qarshi emasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi
Sport | 21:00
-
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
Jamiyat | 20:21
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
Mavzuga oid

12:14
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

10:14 / 01.05.2025