O‘zbekiston | 11:32 / 18.03.2025
1296
2 daqiqa o‘qiladi

Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 50 foizdan oshiriladi

Prezidentning «Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolar energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi 5 yilda uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi:

  • ushbu sohada yagona davlat siyosatini yuritish;
  • ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish;
  • issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tuzish.

Shuningdek, eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘ini yangilash, 9 ta shahar va tumanda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish, markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovini 37 foizdan 58 foizgacha yetkazish, tizimdagi yo‘qotishlarni 38 foizdan 20 foizgacha qisqartirish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

2025-2030 yillarda ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarini markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning yig‘ma parametrlari;
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati;
  • Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalar ro‘yxati.

Mavzuga oid

E`lonlar