Ekstremal issiqlik nafaqat sayyoramizga zarar yetkazadi, balki inson organizmining qariş jarayonini tezlaştirişi ham mumkin, deb ta’kidladi olimlar. Nature xabar berişiça, bu haqda Amerika Gerontologiya jamiyatining yillik ilmiy anjumanida taqdim etilgan Amerika tadqiqotida aytilgan.

2024 yil tarixdagi eng issiq yil bölişi aniq. Yanvardan oktyabrgaça global harorat şu qadar yuqori bölganidan tez orada avvalgi rekordlar yangilanişi kutilmoqda.

Issiqlik yurak va buyraklarga ortiqça bosim yuklaydi, şuningdek, aqliy jarayonlarni sekinlaştiradi. Ammo ekstremal harorat közga körinmas oqibatlar keltirib çiqarişi ham mumkin. Tadqiqotçilar “epigenetik soat” deb ataladigan DNKning kimyoviy özgarişlari töplamini örgandi. Bu özgarişlar, odatda, yoş ulğayişi bilan sodir böladi. Ular qarilik belgisi ekani haqida bahclar mavjud bölsa-da, oldingi tadqiqotlar uşbu özgarişlarni ekologik va ijtimoiy stress, şuningdek homiladorlik va soğlikka oid holatlar bilan boğlagan.

Olimlar 2016–2017 yillarda 56 yoş va undan katta bölgan 3,8 ming kişidagi şunday özgarişlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Söng uşbu ma’lumotlar AQŞdagi harorat kartalari bilan soliştirildi. Iştirokçilarning irqiy va etnik kelib çiqişi, çekiş-çekmasligi, yaşaş joyi hamda daromadi kabi boşqa omillar ham inobatga olindi.

Tadqiqotçilarning aniqlaşiça, issiq kunlar köproq bölgan hududlarda bir yoki olti yil davomida yaşagan odamlar, salqinroq joyda istiqomat qilganlarga nisbatan molekulyar darajada “qariroq” bölgan. Issiq kunlar uluşi har 10 foizga köpayganda, tadqiqot iştirokçilarining molekulyar yoşi 0,12 yilga ortib borgan.

Molekulyar körsatkiçlarning boşqa bir guruhi issiq iqlimda yaşovçi odamlarning 0,6 foizi tezroq qariyotganini namoyiş qilgan. Şu bilan birga issiq davr qisqa — bir neça kun yoki oyga çözilganda, odamlarning yoşiga sezilarli ta’sir etmagan.

Tadqiqotda iştirokçilarning konditsioneri borligi-yöqligi, ular taşqarida qança vaqt ötkazgani hisobga olinmagan. Olimlar issiqlikka nisbatan individual reaksiyalarni ham kuzatmagan. Uşbu masalalar ustida keyingi işlarda şuğullaniş rejalaştirilmoqda.