28 Aprel

Navoiy viloyatida 56 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarisiz, 19 ta korxona esa 95,5 foiz samaradorlikka ega bo‘lmagan chang-gaz tozalash uskunalarida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Nurafshon shahri, Qibray, Karmana va Samarqand tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlarning oldi olindi.

25 Aprel

Navoiy viloyati va Rossiyaning Nijyegorod viloyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

23 Aprel

2022 yilning 1-choragida Navoiyda qasddan odam o‘ldirish, badanga shikast yetkazish, haqorat qilish, firibgarlik kabi jinoyat turlari ko‘paygan. Bu haqda Navoiy viloyati sudi raisi Hamidulla Qudratov 1-chorak yakuni bo‘yicha bergan axborotida ma’lum qildi.   

21 Aprel

Qashqadaryoda ikki erkak eshaklarni shafqatsiz kaltaklagani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Nurota tumanining Sentob qishlog‘ida esa eshaklarni hamon ulov sifatida bilishadi va buning ortidan daromad ham qilishmoqda. 

18 Aprel

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘i o‘zining betakror tabiati bilan tillarga tushgan. Noodatiy uylar, so‘qmoq yo‘llar va tog‘ tepasida joylashgan Fozilmon ko‘li xorijiy sayyohlarni ham o‘ziga jalb qilmoqda. Kun.uz muxbiri qishloqda bo‘lib, hudud manzaralarini kadrlarga muhrladi.

17 Aprel

Nasriddinxon Atoyev xalq orasida Eshonbobo nomi bilan hurmat qozongandi.

16 Aprel

Navoiy viloyatining Konimex tumanida yashovchi Qulnazar Abdurahmonov va Nazira Xolovaning umr yo‘llari bir-biriga o‘xshaydi: ikkovi ham yakka-yolg‘iz, uysiz, yaqinlari vafosizligidan kuyib, ko‘chada qolgan. Bugun ular inson zoti yashashi qiyin bo‘lgan og‘ir sharoitda, xaroba holatdagi uylarda ijarada istiqomat qilishyapti.

15 Aprel

Nurotalik Boli Sharipovning 72 yoshni qarshilaganiga uni ko‘rgan ko‘pchilik ishonmaydi. Hatto sochlari oqarmagan bu otaxonni 50 yosh atrofida, deb o‘ylashadi. U bunday yosh ko‘rinish va sog‘lom bo‘lishning siri velosipedda ekanligiga ishonadi.

14 Aprel

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi deputati Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritmoqda. Yaqinda u kengash qarori bilan doimiy komissiyalardan biriga rais ham bo‘lgan.

11-13 aprel kunlari Navoiy viloyatida Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Adliya hamda boshqa bir qator vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat respublika ishchi guruhining sayyor qabullari bo‘lib o‘tdi.

12 Aprel

Navoiy viloyatida Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Adliya hamda boshqa bir qator vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruhning sayyor qabullari boshlandi. Dastlabki qabul 11 aprel kuni Zarafshon shahrida o‘tkazildi.  

Ko`proq yangiliklar
Top