Xatirçi tumani 43-Oqdaryo saylov okrugidan xalq deputatlari Navoiy viloyati kengaşi deputatligiga saylangan Tohir Örinov saylov paytida “Mikrokreditbank” ATB Navoiy viloyati filiali boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

U 2021 yilning 2 fevral kunidan Karmana tumani hokimining birinçi örinbosari etib tayinlangan va ayni kunda uşbu lavozimda işlab kelmoqda. Bu esa Saylov kodeksi talablariga zid.

Xususan, Saylov kodeksining 90-moddasiga köra, sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvçi hokimiyat organlarining mansabdor şaxslari (bundan viloyat, tuman va şahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan böşaş töğrisida ariza beriş şarti bilan mahalliy kengaşlar deputatligiga nomzod etib röyxatga olinadi.

Demak, tuman hokimi örinbosari (ijro etuvçi hokimiyat mansabdor şaxsi) bir vaqtning özida mahalliy kengaşga deputat böla olmaydi. Qolaversa, bir tuman hokimining birinçi örinbosari 60-70 kilometr uzoqlikdagi ikkinçi tumanda deputatlik faoliyatini olib borişi na mantiqqa, na aqlga, na uning jismoniy imkoniyatlariga töğri kelmaydi.

Saylov qonunçiligi talablari buzilayotgan bir paytda Tohir Örinov kengaşning 2022 yil 8 apreldagi qarori bilan mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi qilib ham tasdiqlangan.