DXX, Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmalari va IIB xodimlari bilan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida yer maydonlari noqonuniy sotilişi bilan boğliq bir neça holatlarning oldi olindi. 

ÖzA xabar berişiça, Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Nurafşon şahridagi çorvaçilikka ixtisoslaşgan MÇJ ta’sisçisi uşbu jamiyatning ikki gektar suğoriladigan yer maydonini 500 ming AQŞ dollari evaziga xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, oldindan 140 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan.

Toşkent viloyatida kuzatilgan yana bir holatda Qibray tumanidagi MÇJ boşqaruvçisi mazkur jamiyatga 46 yil muddatga ijara asosida foydalaniş uçun berilgan 91 gektar yer maydonining 60 gektarini xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 60 ming dollar talab qilib, oldindan 30 ming olgan vaqtida uşlangan.

Karmana tumanida yaşovçi tadbirkor esa öziga DXŞ şartlari asosida sun’iy qoplamali futbol maydonçasi va yordamçi bino obektini quriş uçun berilgan 9,9 sotix yer maydonini xaridorga 50 ming dollarga sotişga kelişib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtida DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Içki işlar boşqarmasi tomonidan uşlangan.

DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari ham Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda yer maydonining noqonuniy sotilişiga qarşi tadbir ötkazgan. Jumladan, Samarqand şahrida yaşovçi şaxs (1980 y.t.) öziga issiqxona taşkil etişi uçun Samarqand tumani hududidan ajratib berilgan 90 sotix yer maydonini 40 ming dollarga sotişga kelişib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.