Qaşqadaryoda ikki erkak eşaklarni şafqatsiz kaltaklagani ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab böldi. Nurota tumanining Sentob qişloğida esa eşaklarni hamon ulov sifatida bilişadi va buning ortidan daromad ham qilişmoqda. 

Sentob Navoiy viloyatining turizm qişloği hisoblanadi. Toğlar bağrida joylaşgan uşbu qişloq sölim tabiati, köplab buloqlari, toşdan qurilgan uylari va şarşaralari bilan sayyohlarni öziga jalb qiladi.

Viloyat markazidan 180, tuman markazidan 120 kilometr olisda joylaşgan Sentobning eng diqqatga sazovor joyi dengiz sathidan 1 644 metr balandlikda, toğlar ustida joylaşgan Fozilmon kölidir. Qişloqdan 18 kilometr olisda joylaşgan kölga maşina yoki boşqa transport vositasida borişning imkoni yöq. Fozilmonga toğ oralab ketgan söqmoq yöl orqali piyoda yoki eşakda borib keliş mumkin. Buning uçun bir kun vaqt ketadi.

Sentob qişloğida eşagi yöq xonadon kam. Ayrimlarda 3-4 tagaça eşak bor. Qişloqqa sayyohlar kela boşlagaç, eşaklar daromad manbaiga aylanib bormoqda.

“Hozirgi zamonda texnikalar rivojlangan, lekin bizning qişloqda eşak xizmati yölga qöyilgan. Har bir xonadonimizda eşaklar bor. Ulardan mehmonlarga toğ yölaklarida xizmat körsatişda foydalanamiz. Köpçilik eşagini ijaraga berib yoki özi ham gid bölib sayyohlarga xizmat körsatadi. Çet eldan kelgan mehmonlarga eşak miniş, eşakka yuk ortiş juda qiziq”, — deydi Sentob mahallasi raisi Murod Mirzayev.

Bu yerda deyarli har kuni Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi davlatlardan kelgan sayyohlarni uçratiş mumkin. Ular Fozilmonga borib keliş uçun eşaklarni ijaraga olişadi. Bitta eşakning kunlik ijara haqi sayyoh boradigan manzilga qarab 50 ming sömdan 150 ming sömgaça bölişi mumkin.