Ölmas Istamov taşkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta taşabbusga ovoz töplaşga majburlagani aks etgan audio tarqaldi. U mazkur topşiriqni tuman hokimi berganini aytib, “plan”ni bajarmaganlarni işdan böşatib yuboriş bilan tahdid qilgan hamda taşkilot rahbarlarini noinsoflar, deya atagan.

Qiziltepa tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Ölmas Istamov Zoom orqali yiğiliş qilib, taşkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta taşabbusga ovoz töplaşga majburladi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim örinbosarining uşbu yiğilişdan yozib olingan audiosi tarqaldi.

Ölmas Istamov qaysi taşkilot rahbari keçgaça belgilangan ovozni töplamasa, kim bölişidan qat’i nazar uni işdan böşatib yuborişini aytgan.

“Hozir hokim topşiriq berdi, agar natija qilmaydigan bölsang xafa bölib ötirma birortang.

Şahriyor, natija qilsang qil, bölmasa arizangni yoz, tuşundingmi gapimni? Menga bugun natija qilasan. Agar “obed”dan keyin yuzta ovoz yiğib bermasang, yöq bölasan, jöra. Menga sen kabi rahbar kerak emas. Bugun keçga “razbor” böladi.

Qani 3-boğça, deputat, Atamurodova? Nima uçun natija qilmayapsiz? Oqoltinning boğçalari bilan gaplaşyapman, Vanğozining boğçalari ham bittayam özgariş qilgani yöq. Aytib qöyay, bugun juda katta özgariş böladi kadrlar masalasida. Kamida 50 foiz boğça mudirasi işdan ketadi.

Hamma işingizni yiğiştirasiz hozir va open budjet böyiça yölning yoqasiga ikkinçi joyga ovoz berasiz. Hamma xulosa qilsin, katta yiğiliş böladi mana şu masala böyiça. Agar bugun kim özgariş qilmaydigan bölsa, hurmatli boğça mudiralari, keyin xafa bölib ötirmang: qiziği yöq kim bölişingizdan qat’i nazar. Şuning uçun hamma xulosa qilib, bugun kamida 50 ta özgariş qilişi kerak.

Agar özini hurmat qiladigan rahbar bölsa, kerak bölsa birorta qarindoşining nomiga sim karta olib bölsa ham qiladi. Agar yoğ kerak bölsa, yoğ ham beraman sizlarga. Tayyorman şu narsaga ham.

35-, 8-, 18-, 26-boğçalar ham özgariş qilgani yöq. Yaxşi bölmaydi bugun, aytib qöyay. Juda qattiq yiğiliş böldi hozir şu masala böyiça. Birortangiz keçirilmaysiz.

Karimov Erkin qani? Ey, oğayni, löttivozligingni pişirib ye, tuşundingmi? Sen ham ketasan bugun, aytib qöyay. Anavi Tillayev degani, 3-sonli musiqa maktab direktori ham ketadi. Menga qasamxörlik qilib, ikki mingta ovoz yiğib beraman deb lağmonni ildirib ketgan, noinsof. Sport maktab ham yöqoladi bugun.

Qolganlarga ham aytib qöyay, agar bugun özgariş bölmaydigan bölsa, hammangni yöqotaman, menga bunaqa komanda kerak emas”, degan hokim örinbosari yiğilişda.

Ölmas Istamov taşkilot rahbarlariga keçgaça elliktadan ovoz töplaşni topşirgan hamda kim buni bajarmasa öşa taşkilot rahbari bilan xayrlaşişini, ya’ni uni işdan böşatib yuborişini aytgan.

Ma’lumot uçun, Ölmas Istamov 2022 yil 15 fevral kuni Qiziltepa tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. 34 yoşli “zamhokim” bungaça Qiziltepa tumani xalq ta’limi bölimi mudiri (hozirgi Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mudiri) lavozimida işlab kelgan.

Avvalroq Andijonda maktab direktori ustozlardan “Open budjet”ga ovoz yoki pul, katakxonaga esa tovuq söragani xabar qilingandi.